获取下载链接
歌词

作词 : Sherali Jo'rayev

作曲 : Sherali Jo'rayev

Do'stlar, do'stlar, bu kun ajib bir sarvi qomat ko'rmisham

Surati boshdin oyoq g'arqi latofar ko'rmisham

Yuzlarining shu'lasin ko'rgach gulu gulzorini

Ko'zlarining aksini ayni inoyat ko'rmisham

Jon kibi nozik belidan surtayi zar ostida

Besh qobzin tig'ini jonimg'a ofat ko'rmisham

Do'stlar, do'stlar, bu kun ajib bir sarvi qomat ko'rmisham

Ko'rmadim monand anga chobuklik ichra necha kim

Dilrabolar jilvasi behaddu boyad ko'rmisham

Ketsa u chin tong emas, ko'rgach qiyomi qomatin

Kim mani hayron oni qoyim qiyomat ko'rmisham

Kim mani hayron oni qoyim qiyomat ko'rmisham

Bilmadim holim na yerg'a oid bo'lg'ay oqibat

Kim bu kun jonimda dardim benihoyat ko'rmisham

Ogahiy, endi manga o'lmakdin o'zga chora yo'q

Ogahiy, endi manga o'lmakdin o'zga chora yo'q

Kim bu kun jonimda dardim benihoyat ko'rmisham

Do'stlar, do'stlar, bu kun ajib bir sarvi qomat ko'rmisham

Ha-a, dod-ay